Davlat granti bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi
«2023/2024 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoyishi (F-31-son, 15.06.2023 y.) qabul qilindi.
Farmoyishga muvofiq, 2023/2024 o‘quv yili uchun davlat OTMlariga davlat granti kvotalari:
- bakalavriat bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga – 34 860 nafar;
- magistratura bo‘yicha – 8 923 nafar etib tasdiqlandi.
Tizimida OTM bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar kontrakt asosidagi qabul parametrlarini 2023 yil 20 iyungacha tasdiqlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter