Davlat budjetidan oilaviy MTTlarga qancha subsidiya ajratilgani ma’lum bo‘ldi
Maktabgacha ta’lim agentligiga 2023 yilning birinchi yarim yilligida tadbirkorlar tomonidan bog‘chalar ochish bo‘yicha 5 486 ta ariza kelib tushgan.
Shundan, 2 089 ta loyiha ma’qullangan, 1 846 ta loyihalar bilan bitim imzolangan. Buning natijasida 59 072 ta yangi quvvat , 4 615 ta yangi ishchi o‘rin yaratildi.
Yarim yil mobaynida quvvati 41 920 nafar bolani qamrab olgan 1 310 ta oilaviy MTTlar o‘z faoliyatini boshladi.
Shuningdek, bu davrda respublikadagi 740 ming nafarga yaqin tarbiyalanuvchilarni qamrab olgan 21 mingdan ortiq nodavlat (jumladan oilaviy MTT) maktabgacha ta’lim tashkilotlariga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 1,2 trln. so‘m miqdorda subsidiyalar ajratildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter