Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat Bobonov PSJ klubi bilan YeChLga yo‘l oldi

Davlat Bobonov PSJ klubi bilan YeChLga yo‘l oldi

Dzyudo bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiadasining bronza medali sovrindori Davlat Bobonov Fransiyaning PSJ klubi bilan shartnoma imzoladi.

Endi u dzyudo bahslarida ushbu klub sharafini himoya qiladi.

Hamyurtimiz ishtirok etayotgan jamoa Chexiyada o‘tgan Yevropa Ligasida g‘alaba qozonib, Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldi.

O‘z tarkibiga mashhur dzyudochilarni jamlagan Parij klubi Yevropa Ligasida chempionlik shohsupasiga ko‘tarildi va bu bilan Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

-90 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Bobonov raqibini vazari bahosi evaziga mag‘lubiyatga uchratdi.

Chexiyaning Praga shahrida o‘tgan Yevropa Ligasida Ko‘hna qit’aning 13 ta erkaklar, 4 ta ayollar klublari ishtirok etdi. Erkaklar o‘rtasidagi musobaqa finalida «Pari Sen-Jermen» klubi «Sent-Jenevev» jamoasini 4:1 hisobida yengdi.

Shu tarqa, PSJ bilan shartnoma imzolagan dzyudo bo‘yicha Tokio-2020 sovrindori Davlat Bobonov yaqin vaqt ichida klublar o‘rtasida o‘tkaziladigan turnirlarda ushbu jamoa sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring