Davlat Bobonov g‘alaba bilan boshladi
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida terma jamoamiz navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. -90 kg vazn toifasida kurashayotgan dzyudochimiz Davlat Bobonov navbatdagi bosqichga chiqdi.
Musobaqani beshinchi saralangan dzyudochisi sifatida boshlagan navoiylik vakilimiz ilk davrani italiyalik Nikolas Mungayga qarshi o‘tkazib, vazari bahosi bilan g‘alabaga erishdi.
Endi u chorak finalga chiqish uchun Dominikan va Ukraina vakillari o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi kurashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter