Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki tashkil etiladi

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki tashkil etiladi

Foto: «radiochisinau.md»

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Hindistonning ilg‘or tajribasi asosida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki tashkil etiladi.

Quyidagilar Texnoparkning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • axborot texnologiyalari sohasida yangidan ish boshlagan va kichik korxonalarga startap-loyihalarini amalga oshirishda, innovatsiya faoliyati natijalarini tijoratlashtirishda, venchur moliyalashtirish asosida ko‘maklashish;
  • yuqori texnologiyali mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish tarmog‘ini amalga oshirish uchun ilmiy, ta’lim va ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyatini integratsiyalash;
  • axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar sinfini yaratish maqsadida yosh mutaxassislarni o‘qitish;
  • mahorat darslari, treninglar va malaka oshirish kurslari, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish.

Texnopark Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi tomonidan boshqariladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring