Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Daryo.uz» bosh muharriri huquqni muhofaza qilish idorasiga chaqirilganini rad etdi

«Daryo.uz» bosh muharriri huquqni muhofaza qilish idorasiga chaqirilganini rad etdi

Foto: Xabar.uz

«Daryo.uz» bosh muharriri Muhrim A’zamxo‘jayev huquqni muhofaza qilish idoralariga «profilaktik suhbat» uchun chaqirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. «Gazeta.uz» manbalariga tayanib xabar berishicha, bir necha jurnalist «suhbat»ga chaqirilgan.

19 mart, juma kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi bir nechta jurnalist «profilaktik suhbat» uchun huquqni muhofaza qilish idoralariga chaqirilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

«Daryo.uz» nashri bosh muharriri Muhrim A’zamxo‘jayev ushbu ma’lumotni rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u «raqamli detoks» (raqamli qurilmalardan holi qolish, telefon va boshqa aloqa vositalarini o‘chirib qo‘yish) ni amalga oshirmoqchi bo‘lganida, u haqida «noto‘g‘ri mish-mishlar» tarqalgan.

«Iltimos, tekshirilmagan, yolg‘on xabarlar tarqatmanglar, chunki telefonni yoqqanimdan keyin menga son-sanoqsiz qo‘ng‘iroqlar bo‘layapti. Javob berolmaganim uchun hammadan uzr so‘rayman. Odamlarni xavotirga qo‘yishning keragi yo‘q. Avvalo, o‘zim sizni xavotirga solganim uchun uzr so‘rayman. Shuningdek boshqalardan shoshilib xabar tarqatmaslikni so‘ragan bo‘lardim», dedi u.

«Gazeta.uz»ning uchta mustaqil manbasi jurnalistlar va blogerlar Muhrim A’zamxo‘jayev va Kahramon Aslanovni huquqni muhofaza qilish idoralariga chaqirishganini tasdiqlashgan. Bu nima bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligiga aniqlik kiritishning imkoni bo‘lmagan.

Nashr shuningdek Kun.uz rahbari Maqsud Asqarov ham huquqni muhofaza qilish idoralariga chaqirilganidan xabar topgan. Buning sababi ham ma’lum emas. «Gazeta.uz» u bilan bog‘lana olmagan va sayt tahririyatidan javob ololmagan.

IIBB matbuot xizmati jurnalistlarning bu chaqiriluviga «ichki ishlar organlarining hech qanday aloqasi yo‘q» deb aytgan. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati bunday ma’lumotga ega emasligini bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring