«Jurnalistlargayam ish yo‘qmikin?»

Shavkat Mirziyoyev GTL zavodining markaziy boshqaruv pultida ishlayotgan yoshlar bilan suhbatlasha turib, operator Quanishbay Tlemuratovdan qancha oylik olayotganini so‘radi. Shu yerda ishchilarva OAV vakillari bilan qisqa muloqot bo‘lib o‘tgan.
— Oylik qancha? — deb so‘ragan davlat rahbari.
— 15 million (so‘m), — degan Quanishbay Tlemuratov.
— Mendan ancha ko‘p olarkansiz, — deya suhbatga qo‘shilgan Kun.uz muxbiri Abror Zohidov hazillashib.
— Uyga qancha yuborasiz? — Mirziyoyev yana savol bergan.
— Hammasini. 3 mahal ovqat, yotoq-joy, transport tekin-da, deya javob bergan ishchi-xodim.
Prezident shu paytda jurnalistlarga qarab:
— Eshitdilaringizmi? — degan.
— Jurnalistlarga ham ish yo‘qmikin? — deb hazilni davom ettirgan O‘zA rahbari o‘rinbosari Xushnudbek Xudoyberdiyev.
Hamma kulib yuborgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter