Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daniyalik ekstremist Qur’on nusxasini ommaviy ravishda yoqib yubordi

Daniyalik ekstremist Qur’on nusxasini ommaviy ravishda yoqib yubordi

Daniyaning o‘ng qanot ekstremistik partiyasi rahbari Rasmus Paludan Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi oldida islomga qarshi provokatsiya uyushtirdi. Paludan musulmonlar uchun muqaddas kitob – Qur’on nusxasini omma oldida yoqib yubordi.

Ushbu aksiya o‘tkazilishiga Shvetsiya rasmiylari tomonidan ruxsat berilgan, o‘ng qanot ayirmachisining xavfsizligi esa mahalliy politsiya tomonidan ta’minlangan.

Ushbu siyosiy spektaklning rejalashtirilgani juma kuni ma’lum bo‘lgan edi: Shvetsiya politsiyasi o‘ta o‘ng siyosiy partiya rahbariga Stokgolmdagi Turkiya elchixonasi yaqinida Qur’on nusxasini yoqishga ruxsat berishini aytdi. Shundan so‘ng, Anqarada shved elchisi Staffan Xerrstrem TIVga chaqirildi.

«Shvetsiyaning bunday pozitsiyasini qabul qilish mumkin emas. Biz bu harakatga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini va muqaddas qadriyatlarni haqorat qilishni «demokratik huquqlar» niqobi ostida himoya qilib bo‘lmasligini eslatamiz», – deyiladi Turkiya TIV xabarida.

Rasmus Paludan avval ham bir necha bor Qur’onni yoqish va shunga o‘xshash islomga qarshi aksiyalarni uyushtirgan.

Erkinlikni suiiste’mol qilgan bu shaxs 2020 yili Daniya huquq idoralari tomonidan irqchilikda ayblanib qamoqqa ham olingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring