Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daniya — Finlyandiya o‘yinida noxush hodisa: futbolchining hayoti uchun kurashildi

Daniya — Finlyandiya o‘yinida noxush hodisa: futbolchining hayoti uchun kurashildi

Yevro-2020 doirasida Daniya – Finlandiya (0:0) o‘yinida noxush holat ro‘y berdi va uchrashuv to‘xtatildi.

Daniya termas jamoasining yetakchisi Kristian Eriksen o‘yin vaqtida hushini yo‘qotib, maydonga yiqildi. Maydonning o‘zida futbolchiga sun’iy nafas berib, yuragi massaj qilindi, reanimatsiya protseduralari, shu jumladan defibrilatordan foydalanildi. Bir necha daqiqa futbolchining hayoti uchun jiddiy kurashildi.

Ahvoli og‘irligi tufayli Eriksen shifokorlar tomonidan maydondan olib chiqib ketildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketilgan. Uning o‘ziga kelgani aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring