Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir o‘limdan qolgan Eriksen futbolga qaytdi

Bir o‘limdan qolgan Eriksen futbolga qaytdi

«Yevro-2020» vaqtida yurak xurujini boshdan kechirgan Kristian Eriksen APL debyutanti «Brentford» bilan mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Kristian Eriksen Daniya – Finlandiya (0:0) o‘yinida birinchi bo‘lim o‘rtasida xushidan ketib, klinik o‘limni boshdan kechirgandi. Daniya termasi sardori Simon Ker va jamoa shifokorlarining harakati bilan uning hayoti saqlab qolingan edi.

Daniya termasi «Yevro-2020»da yarim finalgacha yetib borgan va Angliyaga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lishgan edi.

Shundan so‘ng, yuragiga maxsus nafas olishga yordamlashuvchi kardioverter-defibrillyator o‘rnatilgan Eriksen A Seriyada o‘ynash huquqidan mahrum bo‘lgandi. Angliyada esa bunday taqiq yo‘q.

Eriksen taqiqlar sababli «Inter» safida maydonga tusha olmayotgan edi. APL debyutanti «Brentford» esa tajribali futbolchilarga ehtiyoj sezmoqda.

Eriksenga APL shifokorlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan keyin futbolchiga to‘p surishga ruxsat bergan.

Eslatib o‘tamiz, Eriksen Londonning boshqa bir klubi «Tottenxem»da to‘p tepgan.

«Brentford» 21 turdan keyin 6 g‘alaba, 5 durang va 12 ta mag‘lubiyat qayd etib, ligada 14-o‘rinda bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring