Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Damas»ning yangi modellari namoyish etildi (foto)

«Damas»ning yangi modellari namoyish etildi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 21-may kuni jurnalist va blogerlar uchun Pitnak shaharchasidagi «Xorazm avto» korxonasiga press-tur uyushtirildi.

Ushbu tadbirda korxona tomonidan «Damas» rusumli avtomobillarning yangi modellari namoyish etildi. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiri xabar bermoqda.

Foto: «Xabar.uz»

Ushbu yangi modellar 1-1,5 oyda sotuvga chiqariladi. Narxlari odatdagi «Damas»lar bilan bir xil bo‘ladi, o‘zgarmaydi, deydi Uzavtomotors kompaniyasi direktori Rustam Rajabov.

Foto: «Xabar.uz»

Avtomobillar rul va o‘rindiqlar tuzilishi, tashqi qiyofasi va yukxonasi bilan avvalgilaridan farqlanadi. Ushbu modellar iste’molchilar fikrini o‘rgangan holda ishlab chiqilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring