Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Damas»lar to‘qnashuvida bir yo‘lovchi jarohat oldi

«Damas»lar to‘qnashuvida bir yo‘lovchi jarohat oldi

Foto: IIV matbuot xizmati

Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida ikki «Damas» avtomobili o‘zaro to‘qnashib ketdi.

2019 yil 12 iyul kuni Yuqorichirchiq tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 7 iyun kuni soat 09:45larda Bo‘stonliq tumani Chimyon MFY Tegirmonsoy ko‘chasida yashovchi 33 yoshli M.I. boshqaruvidagi «Damas» rusumli avtomashinasini «Chirchiq-Yangibozor-O‘rtasaroy» yo‘lida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlayotgan 50 yoshli A.U. boshqaruvidagi «Damas» rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada A.U. boshqaruvidagi «Damas» rusumli avtomashina yo‘lovchisi 39 yoshli E.T. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring