Dam olishga chiqqan ayol noxush holatga tushdi (foto)
Kecha, 14-iyul kuni soat 12:30 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Bo‘stonliq tumani «Oqtosh» MFY hududi «Qoraqiya» tog‘idagi sharshara yaqinida dam olish uchun borgan 64 yoshli ayol o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida yiqilib, tan jarohati olganligi va shu sababli yura olmayotganligi haqida xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari voqea joyiga etib borgan.
Qutqaruvchilar tomonidan ayol xavfsiz joyga olib tushirilgan va tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.
Ayni vaqtda ayolning umumiy ahvoli yaxshi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter