Dam olish kunlari qulay harorat kuzatiladi
O‘zbekiston bo‘yicha 3-5 noyabr kunlariga ob-havo prognozi e’lon qilindi.
Ushbu haftaning birinchi yarmida yog‘ib o‘tgan yomg‘irlar va sovuqdan so‘ng, hafta oxiriga kelib, O‘zbekistonga yana «oltin kuz» qaytib keldi, deyiladi O‘zgidromet xabarida.
Bugun va dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.
Harorat kechalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari 19-24, janubda 25-27 daraja iliqgacha bo‘ladi.
Poytaxtimizda 3-5 noyabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 7-10 daraja iliq, kunduz kunlari 20-23 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter