Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlari yog‘in-sochinli ob-havo kutilyapti

Dam olish kunlari yog‘in-sochinli ob-havo kutilyapti

Foto:«Xabar.uz»

«O‘zgidromet» dam olish kunlari kutiladigan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi. 

Bugun Kavkaz hududlaridan iliq va nam havo massalari kirib kelishida O‘zbekistonning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda momaqaldiroq bo‘lishi va shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati 15-20° iliq atrofida bo‘ladi.

27-martda respublika hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati kechasi 8-13° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.

28-martda O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 29-martda respublikaning barcha hududlariga Kavkaz hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 28 martda yomg‘ir momaqaldiroq bilan kuzatiladi, shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.

28-29-martda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida, 29-martda Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

29-martda havo harorati 6-11° iliqgacha pasayadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring