Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlari ob-havo o‘zgarib turadi

Dam olish kunlari ob-havo o‘zgarib turadi

Foto: Xabar.uz

Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Bugun O‘zbekistonga Eron hududlaridan nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda qorga aylanadi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 7-12° iliq atrofida bo‘ladi.

Ertaga kirib kelish fronti sharqqa siljiydi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro viloyatlarida yog‘ingarchilik to‘xtaydi, faqat respublikaning janubiy va markaziy tumanlarida kechasi va ertalab ob-havoning beqarorligi saqlanib turadi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kun davomida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kunduz kungi havo harorati 3-8° iliqqacha pasayishi kutilmoqda.

28-29yanvarda salqin havo massalarining kirib kelishida respublika bo‘yicha shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 28 yanvarda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarida 25-28 m/s gacha, 29 yanvarda Surxondaryo, Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlarida 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Yakshanba kuni respublika bo‘yicha quruq va salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushadi. Havo harorati kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq atrofida bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 28-29 yanvarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, 30 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28-31 yanvarda respublikaning tog‘li hududalrida qor ko‘chishi xavfi bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring