«Dam olish kunlari havo o‘zgarib turadi» — O‘zgidromet

O‘zbekiston bo‘yicha 20-22-oktyabr kunlariga ob-havo prognozi berildi.
Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida kam bulutli va iliq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati 24-27 daraja bo‘ladi.
Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida va kechga tomon Navoiy viloyati cho‘l hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, harorat 17-22 darajagacha pasayadi.
Ertaga, 21 oktyabr kuni shimoli-g‘arbiy hududlardan bulutlilik O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Navoiy va Buxoro viloyatlarida kechasi va ertalab, qolgan hududlarda kun davomida ba’zi joylarda jadalligi birozdan o‘rtachagacha bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
22 oktyabr, yakshanba kuni respublikaning ko‘pchilik hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida va kechga tomon Navoiy viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatildi.
Dam olish kunlari havo harorati kechalari 7-12 daraja, kunduz kunlari 18-23 daraja atrofida bo‘ladi.
Poytaxtimizda 20-22 oktabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, asosan yog‘ingarchilik kutimaydi, faqat 21 oktabrda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 10-13 daraja, kunduz kunlari 20-23 daraja bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter