Dam olish kunlari harorat ko‘tariladi
O‘zbekiston bo‘yicha 2024 yil 15-17 mart kunlariga ob-havo prognozi taqdim qilindi.
Respublika hududining katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo dam olish kunlarida saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 17 mart yakshanba kuni ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Shanbadan yakshanba o‘tar kechasi respublika bo‘yicha ba’zi joylarda biroz sovuq saqlanib turadi, yakshanba kuni harorat kechasi 2-7 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Yakshanba kuni kunduzi esa havo 15-20 daraja iliqqacha isiydi.
Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushadi.
Dam olish kunlari tog‘larda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Poytaxtimizda 16-17 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat: shanba kuni kunduzi 13-15 daraja iliq; yakshanba kuni kechasi 2-4 daraja iliq, kunduzi 16-18 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter