Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlari harorat pasayadi

Dam olish kunlari harorat pasayadi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston bo‘yicha 2024 yil 24-26 may kunlariga ob-havo prognozi taqdim qilindi.

Bugun kunduzi Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda va kunning ikkinchi yarmida Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati 24-27 daraja atrofida, ba’zi joylarda 29 darajagacha, janubda 32-34 darajagacha bo‘ladi.

Ertaga kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida jadalligi biroz bo‘lgan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Harorat kunduzi 26-29 daraja, janubda 32-34 darajagacha bo‘ladi.

26 may, yakshanba kuni asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek kechasi va ertalab Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi harorat 17-22 darajagacha pasayadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 24 mayda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, 25-26 may kunlari vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli saqlanib turadi.

Poytaxtimizda: bugun vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat 24-26 daraja bo‘ladi.

Shanba kuni kunning ikkinchi yarmida va yakshanbaga o‘tar kechasi vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Yakshanba kuni kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Harorat shanba kuni kechasi 16-18 daraja, kunduzi 26-28 daraja, yakshanba kuni kechasi 12-14 daraja, kunduzi 19-21 daraja bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring