O‘zbekistonda ayozli kunlar yaqinlashmoqda
Bayram (1-oktyabr) va dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nisbatan nam havo massalari ta’sir etadi.
1-2 oktyabr kunlari sovuq atmosfera fronti o‘tishi bilan respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi. 3 oktyabr kuni beqarorlik faqat Farg‘ona vodiysi hududlarida saqlanib turadi, ushbu hududlarda joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
2-3 oktyabr kunlari tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoldan holi emas.
1-2 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
1-3 oktabrda havo harorati asta-sekin kechalari 3-8° iliqgacha, kunduz kunlari 12-17° iliqgacha, shimolda kechalari 0-5° iliqgacha, kunduz kunlari 10-15° iliqgacha pasayadi.
Avvalroq, Gidrometeorologiya xizmati O‘zbekistonda havo sovib ketishini ma’lum qilgan, YHXBB ham haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqqandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter