Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dafn marosimidan to‘rt oy o‘tib uyiga qaytib keldi

Dafn marosimidan to‘rt oy o‘tib uyiga qaytib keldi

Foto: «News 24»

JAR Mtata shahri aholisi bedarak ketgan o‘g‘li o‘rniga yanglishib notanish kimsani dafn etishdi. U dafn marosimidan to‘rt oy o‘tgach, qaytib keldi. Bu haqda News 24 xabar bermoqda.

O‘tgan yilning may oyida 34 yoshli Simzuzil Kxoliso kiyim sotib olgani do‘konga ketgan va uyiga qaytib kelmagan. Avgust oyida shaharda chirigan jasad topilgan. 64 yoshli otasi Simzuzil Kxoliso uni yo‘qolgan o‘g‘li deb o‘ylagan. Ikki kundan so‘ng, rafiqasi Novetu bilan birga marhumni uyi yaqinidagi bog‘da ko‘mishgan.

Dekabr oyida oila Svazilend bilan chegaradagi Kvazulu-Natal provinsiyasidagi shifoxonada radio orqali 34 yoshli yigit qarindoshlarini qidirayotgani haqidagi e’lonni eshitib qolishdi. Novetu oila hang-mang bo‘lib qolganini aytdi.

«To‘rt oy davomida begona odamga aza tutdim», — dedi u.

Pirovard natijada oila zudlik bilan tibbiy muassasaga borib, bemorni olib ketishdi.

«O‘g‘limizning tanasida chandiq bor. Uchrashganimizda undan chandiqni ko‘rsatishini so‘radim: u o‘sha yerda turibdi», — deya so‘zlab berdi Novetu.

Ayolning qo‘shimcha qilishicha, Simzuzilning o‘g‘li ekanligini aniqlash uchun u va eridan DNK namunalari olingan. Ammo oradan bir yil o‘tgan bo‘lsa ham, tahlil natijalari hali ham tayyor emas.

Oila ular ko‘mgan odamning kimligini hali ham bilishmaydi. Ona hali ham o‘g‘lining Kvazulu-Natalga qanday kelib qolganini tushunmayapti. Politsiya bu holat yuzasidan tergov olib bormoqda. Jasadni eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi ariza allaqachon Milliy prokuratura tomonidan tasdiqlangan.

Novetu oila ishning yopilishini kutayotganini ta’kidladi. Shuningdek, u dafn etilgan jasadni eksgumatsiya qilish va marhumning haqiqiy qarindoshlariga topshirish kerakligini aytmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring