Sukerbergning bayonoti tufayli Meta eng qimmat 10 kompaniya safidan chiqib ketdi
Meta (Facebook) kompaniyasi, kapital qiymatiga ko‘ra, eng qimmat AQSh kompaniyalari yetakchi o‘nligini tark etdi. Chunki endilikda Mark Sukerberg kompaniyasi ushbu reytingdagi ta’qibchisi — Exxon neft-gaz kompaniyasidan arzonroq.
Facebook o‘z tarixidagi eng qimmat cho‘qqiga 2021-yilning 7-sentyabrida ko‘tarilgan va kapital qiymati $1,078 trillionni tashkil etgandi. 2022-yil boshidan buyon kompaniya aksiyalari 59 foizgacha qadrsizlangan (Dow Jones Market Data hisoboti).
Shu yilning 19-sentyabr kuni (2019-yil yanvaridan beri birinchi marta) Meta kompaniyasi qiymati $400 milliarddan pasaydi. Kecha, payshanba kungi savdolar yakunida kompaniya qiymati $366,6 milliardgacha tushib ketdi. Oqibatda Meta 11-pog‘onaga tushib, o‘z o‘rnini $369,6 milliard dollarlik Exxon Mobil neft-gaz gigantiga bo‘shatdi.
Mark Sukerberg yangi xodimlarni ishga olishni to‘xtatish hamda kompaniyaga asos solingan 2004-yildan beri uning budjeti keskin qisqartirilishini e’lon qilganidan so‘ng Meta aksiyalari arzonlashib ketgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter