Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

CPJ: Isroil-Falastin mojarosida 22 jurnalist halok bo‘lgan

CPJ: Isroil-Falastin mojarosida 22 jurnalist halok bo‘lgan

Joriy yil 7-oktyabrda boshlangan Isroil va Falastin mojarosida 22 nafar jurnalist halok bo‘ldi. Bu haqda Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ) ma’lum qildi.

Qo‘mitaga ko‘ra, sakkiz nafar ommaviy axborot vositalari xodimi jarohatlangan, uch nafari bedarak yo‘qolgan yoki hibsda.

CPJ’ning aniqlik kiritishicha, halok bo‘lganlar orasida 18 nafar falastinlik, uch nafar isroillik va bir nafar livanlik bor. Ta’kidlanishicha, G‘azo sektoridagi jurnalistlar «Isroilning quruqlikdagi va havo hujumlari, aloqa uzilishlari va yoki elektr ta’minotidagi uzilishlar oldida mojaroni yoritishga urinishda yuqori xavflarga duch kelishgan».

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ikki tomondan o‘lganlarning umumiy soni 4 ming kishidan oshdi. Oktyabr oyi o‘rtalarida jurnalistlar qurbonlari soni 12 kishiga yetgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring