«COVID-21» paydo bo‘ldimi?
Koronavirusning yangi shakli, «COVID-21» paydo bo‘lganligi to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda audio tarqaldi. Virusologiya instituti direktori, professor Erkin Musabayev koronavirusning audio yozuviga izoh berib o‘tdi.
COVID-19 infeksiyasi yangi shtammlari paydo bo‘lsa ham, yangi «COVID-21» virusi paydo bo‘lganligi haqidagi bayonot noto‘g‘ri.
Vaksinatsiya COVID-19ning barcha shtammlaridan himoya qiladi, havf guruhidagi odamlar kasal bo‘lib tuzalgan bo‘lsa ham emlanish zarur hisoblanadi.
Darhaqiqat, hozirgi kunda koronavirusning klinik belgilarida o‘zgarishlar yuz berdi, ya’ni yo‘tal va isitmaning kam namoyon bo‘lgan, ammo bo‘g‘imlarda katta og‘riq belgilariga ega bemorlar soni ortdi.
Zangiota kasalxonasidagi bemorlarning tahlillari shuni ko‘rsatadiki, koronavirus infeksiyasi oqibatlaridan o‘lish holatlari oshmadi.
PSR-test yordamida koronavirusni aniqlash imkonsiz bo‘lib qoldi, deyish noo‘rin, chunki avval ham dimog‘da virusni aniqlashda 30 foizlik xatolikka yo‘l qo‘yilgan edi.
Koronavirus infeksiyasini davolash bo‘yicha bir yillik tajribadan kelib chiqib, O‘zbekistonda davolash protokoli tuzilib, amalda uning yuqori samaradorligi isbotlandi.
Kasallik yo‘qolmadi, biz u bilan yashashga, ya’ni niqob taqishga, ijtimoiy masofani saqlashga, qo‘llar gigiyenasiga rioya qilishga odatlanishimiz kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter