Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuror mahalla raislarini bo‘ralatib so‘kkani aytilmoqda. Rasmiy bayonot

Prokuror mahalla raislarini bo‘ralatib so‘kkani aytilmoqda. Rasmiy bayonot

Tarmoqda prokurorning mahalla raislarini so‘kkani audiosi tarqaldi. 

Unda soliq tushumlarini bajarmagan mahalla raislari kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilinganini eshitish mumkin. Audio katta ehtimol bilan 31-may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda yozib olingan.

Surxondaryo viloyati prokuraturasi holat yuzasidan bayonot berdi.

20-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Bandixon tumani prokurori S.Maxmanovga tegishliligi ta’kidlanib, tarqatilgan audioyozuvlarning haqqoniyligi, qachon, qayerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boshqa holatlar Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda, deyiladi bayonotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring