COVID-19 epidemiyasi boshqalardan ko‘ra ertaroq tugaydigan mamlakat ma’lum bo‘ldi
Shvetsiya COVID-19 pandemiyasi tugashi uchun zarur bo‘lgan 60-70% immun ko‘rsatkichiga birinchi bo‘lib erishadigan davlatga aylanishi mumkin. Bu haqda shifokor-immunolog, o‘ta xavfli infeksiyalar bo‘yicha mutaxassis Vladislav Jemchugov RIA «Novosti»ga ma’lum qildi.
«Misol tariqasida hamma Shvetsiyani keltiradi. Ajoyib manzara — virus erkinlikka chiqarib yuborilgan. Epidemiya o‘zi to‘xtaydigan immun natijaga erishish uchun bu yaxshi chora», — dedi Jemchugov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Shvetsiya hukumati o‘zining tibbiyot sifatiga to‘liq ishongani uchun «sekinlatmaslikka va maksimal darajada tezlashtirishga» qaror qildi. Chunki ularda ahvoli og‘ir bemorlarni qutqarish uchun o‘pkani sun’iy ventilyasiya qiluvchi apparatlar, reanimatsiya xonalari va dori-darmonlar yetarli. Ekspertning ta’kidlashicha, qirollikda juda ko‘p koronavirus holati qayd etildi, shunga qaramay, vafot etganlar soni kam.
«Menimcha, Shvetsiya birinchi bo‘lib 60-70% (immun qatlam)ga erishadi. Shundan so‘ng hech kim kasal bo‘lmaydi, hamma kasallikni boshidan o‘tkazgan bo‘ladi», — deya ta’kidlaydi Jemchugov.
Mutaxassisning fikricha, bunday ko‘rsatkichga yetganda pandemiya odatda tugaydi.
Biroq karantindan bosh tortish baribir iqtisodiy yo‘qotishlarga olib keldi. Ikkinchi chorak yakuniga ko‘ra Shvetsiya yalpi ichki mahsuloti 7,7%ga kamaydi. Bu 1982-yilda hisob-kitob joriy etilgandan beri rekord darajada pasayish hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter