Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«COSCOM» va «O‘ztransgaz» o‘rtasida kelishuv imzolandi

«COSCOM» va «O‘ztransgaz» o‘rtasida kelishuv imzolandi

«UzExpoCenter» ko‘rgazmalar markazida tashkil etilgan «INNOPROM. Markaziy Osiyo» Xalqaro sanoat ko‘rgazmasida «COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) va «O‘ztransgaz» AJ o‘rtasidagi maqsadlar to‘g‘risida kelishuv imzolandi.

Kelishuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – kelgusidagi ikki tomonlama manfaatli hamkorlik uchun qulay sharoit yaratish hamda transport tarmoqlari va telekommunikatsiya inftrastrukturasini foydalanishga topshirish va rivojlantirish bilan bog‘liq kapital hamda operatsion xarajatlarni muvofiqlashtirishdan iborat.

«Biz imkoniyatlarimizni kengaytirishni davom etgan holda O‘zbekiston Respublikasi raqamli iqtisodiyotini rivojlantirishga sarmoyalar kiritmoqdamiz. Bugun «O‘ztransgaz» AJ bilan kelishuv imzolayapmiz. Bu ikkala tomon uchun ham birgalikda umumiy maqsad yo‘lida ishlash, biznesni rivojlantirish, tizimli xarajatlarni kamaytirish, ma’lumotlar almashishda xavfsizlikni ta’minlash va mamlakatning har bir fuqarosiga foyda keltirish imkonini beradi», dedi  «COSCOM» MChJ Bosh direktori Andrey Shishkovskiy.

«Tabiiy gaz hajmlarining ortib borishi bilan gaz tashish va gaz taqsimoti masalalarida ham ehtiyoj ko‘payib boraveradi. Bunda esa gazni tashish va gaz taqsimoti tizimlarining ishonchliligi muhim. Ucell kompaniyasi bilan O‘zbekistondagi iste’molchilarga telekommunikatsion ta’minot va uzluksiz tabiiy gaz yetkazib berish ustida ishlaymiz. Men hamkorligimiz samarali bo‘lishiga ishonaman», qayd etdi «O‘ztransgaz» AJ Boshqaruv kengashi vakili Ahadjon Isoqjonov.

«COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) — O‘zbekistondagi telekommunikatsiya bozorining yetakchilaridan biri hisoblanadi. Mobil aloqa va internetga keng tarmoqda ulanish xizmatini taqdim etib keladi. Kompaniya xizmatlaridan 8,1 mln. abonent foydalanib kelmoqda. 2022 yilda Ucell mobil operatori aloqa sifatini yaxshilash uchun 111,5 mln. dollar pul ajratdi. Ucell — O‘zbekistonda 5G standartini tijoriy foydalanish maqsadida joriy etgan ilk kompaniya.

«O‘ztransgaz» AJ tabiiy gazni tashish, saqlash va tranziti sohasida yagona magistral gaz transporti tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan operator. Bugungi kunda AJ 13 380 km magistral gaz o‘tkazuvchilari va quvurlari tarmog‘idan foydalanib kelmoqda. Gaz transporti tizimi hozirda Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi mamlakatlarning gaz transporti tizimi bilan bog‘langan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring