CNN telekanali dasturchi Durdona Bahronova haqida lavha tayyorladi (video)
Amerikaning CNN telekompaniyasi butun dunyo istedodli va iqtidorli yoshlari haqidagi yangi «The Generation Next» loyihasini boshladi.
Siklning birinchi dasturi O‘zbekiston yoshlariga bag‘ishlangan!
Loyihaning mehmonlaridan biri Amerikaning Super Dispatch texnologik kompaniyasida ishlaydigan iste’dodli dasturchi Durdona Bahronova bo‘ldi.
25 yoshli Durdona Bahronova Buxoro shahrida tug‘ilgan. Ta’lim olish uchun Toshkentga ko‘chib o‘tadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlab biologiyaga qiziqib qolgan, biroq u kodlash va dasturlash kuchini anglab yetganida, unga ortga yo‘l yo‘q edi.
Hali u bor-yo‘g‘i 25 yoshda bo‘lsa-da, IT olamiga ko‘proq ayollar va yoshlar qo‘shilishiga undashni maqsad qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter