«Chuqur tahlil o‘tkazmoqda» — SSV Samarqanddagi noxush hodisa bo‘yicha qo‘shimcha axborot berdi
Avvalroq Samarqanddagi bolalar shifoxonasida Dok-1MAKS preparati sabab 15 nafar bola vafot etgani haqida ma’lumot tarqalgandi.
Holat bo‘yicha SSV matbuot xizmati munosabat bildirib, vaziyat o‘rganilayotgani haqida ma’lum qilgandi.
Qo‘shimcha axborot berilishicha, bemorlarda chuqur tahlil o‘tkazilmoqda.
«Samarqand shahrida «Dok-1 Maks» tabletka va sirop dori vositalari oqibatida nojo‘ya ta’sirlar kuzatilgani gumon qilingan bemorlar holati yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi maxsus ishchi guruhi viloyatda o‘rganish olib bormoqda.
Uning tarkibiga vazirlik, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi xodimlari, bolalar nefrologi, pediatr kabi malakali mutaxassislar kiritildi. Ular har bir gumon qilingan bemor bola anamnezi bo‘yicha chuqur tahlil o‘tkazmoqda. Xulosa natijalari haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi», deyiladi vazirlik xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter