Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chorvachilik sub’yektlariga subsidiya ajratiladi

Chorvachilik sub’yektlariga subsidiya ajratiladi

Foto: Xabar.uz

Hukumatning «Gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilgan chorvachilik sub’yektlariga subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori loyihasi muhokamaga joylashtirildi.

Nizomga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan boshlab 2023 yil 31 dekabrga qadar gidroponika usulida ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilgan chorvachilik xo‘jaliklariga ular xarajatlarining 100 mln. so‘mdan oshmagan qismining 20 foizi miqdorida respublika budjetidan subsidiya ajratiladi.

Qayd etilishicha, talabgorlar subsidiya olish uchun Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining my.vetgov.uz sayti va YaIDXP orqali hududiy «Chorvanasl» markazi tuman vakiliga ariza bilan murojaat qilish kerak.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

  • gidroponika usulida ozuqa yetishtirish uskunalarini o‘rnatish bo‘yicha shartnomasi, hisob-faktura hujjatlari nusxasi;
  • agar uskunalar import qilingan bo‘lsa, bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi.

Subsidiya berilgan arizaga asosan keyingi oyning 25-sanasiga qadar ajratiladi va subsidiya oluvchining bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring