«Chorsu» mehmonxonasi 16,9 milliard so‘mga sotildi
Poytaxtdagi foydalanilmay kelinayotgan «Chorsu» mehmonxonasi 16,9 milliard so‘mga sotildi.
Ma’lumot «E-ijro auksion» saytida e’lon qilingan.
Unga ko‘ra, Birlashgan arab amirligida ro‘yxatdan o‘tgan «Ittihad International Investment LLC» xususiy sarmoya kompaniyasiga sotilgan.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida mehmonxona auksionga qo‘yilgandi. Xaridorga ikki yil ichida kamida 25 million AQSh dollari investitsiya kiritish va 150 yangi ish o‘rinlarini yaratish va 3 yulduzli mehmonxona qurish sharti qo‘yilgandi.
Sotuvga qo‘yilish haqidagi ma’lumot esa o‘tgan yili sentyabrda ham berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter