Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Cho‘l Manxetteni» nurab bormoqda (foto)

«Cho‘l Manxetteni» nurab bormoqda (foto)

Shaharning qush parvozi balandligidan ko‘rinishi.

YUNESKOning jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Yamanning Shibam shahridagi binolar ayni damda qulash xavfi ostida. Bunga mintaqadagi suv toshqinlari va yog‘ingarchiliklar sabab bo‘lmoqda. Qadimgi loy-g‘ishtli osmono‘par binolari tufayli shahar «Cho‘l Manxetteni» deb nomlangan.

BMT Yamanning 2014-yildan beri dunyodagi eng yomon gumanitar inqirozlardan biri bilan kurashini tasvirlaydi: Shibam shahri Yaman markazidagi Vadi-Hadramaut vodiysidan yuqorida joylashgan. Ajoyib barpo etilgan bu qadimiy shahar endi omon qolish uchun kurashmoqda. Quyoshning kuchli nurlaridan shahar devorlari va tomlari asta-sekin nurab boryapti. Mablag‘ yetishmasligi va ishchi kuchi yo‘qligi bois bu nodir inshootlarni tiklash imkonsiz edi.

– Shahar xuddi biror falokatga uchraganga o‘xshaydi, boshqa izoh yo‘q, – deydi poytaxt Sanadan 480 kilometr (300 mil) sharqda joylashgan shaharning mahalliy amaldorlaridan biri Abdulvahob Jobir.

Uning aytishicha, hozirda YUNESKO bilan hamkorlikda qirqqa yaqin binolarni qayta tiklashga qaratilgan 194000 dollarlik favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish rejasi ishlab chiqilmoqda.

– Ba’zi qiyinchiliklar bor, – deydi Abdulvahob Jobir. – Standartlarga javob beradigan mahalliy malakali ishchi kuchi yetishmasligi sababli ishlar sust ketyapti.

Shibam Yamandagi Hadramaut viloyatining loy-g‘isht me’moriy o‘tmishini tasdiqlovchi uchta tarixiy maskandan biridir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring