«Chiyali yaxnasi» ham davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi
Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala (avval Chiroqchi tumani hududida bo‘lgan) tumanidagi Chiyali qishlog‘ida tayyorlanadigan o‘zbekistonliklar orasida mashhur taom – «Chiyali yaxnasi» ham patentlanadi. Bu haqda viloyat hokimligi matubot kotibi Ahror Sodiqov ma’lum qildi.
«Ushbu taom ham «G‘uzor tandir go‘shti» kabi tayyorlanishi va tanovulbopligi bilan dunyoga mashhur. Tez orada ushbu «Chiyali yaxnasi» taomi uchun ham guvohnoma olish ishlari Ko‘kdala tumani hokimligi tomonidan yakuniga yetadi», – deydi Sodiqov.
Ma’lumot uchun, «Chiyali yaxnasi» haftaning har yakshanbasida qishloq bozori hududida sotiladigan taom bo‘lib, qo‘y go‘shtini uzoq vaqt o‘z usullarida pishirish yo‘li bilan tayyorlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq viloyatning G‘uzor tumanida tayyorlanadigan «tandir go‘sht» taomi geografik ko‘rsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan edi.
Bu amaliyot hududda «turistlar oqimining ko‘payishiga, «gastronomik turizm»ni rivojlantirishga va umuman, hududning turistik jozibadorligini oshirishga» yordam berishi ta’kidlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter