1-maydan Rossiyada patent to‘lovi rekviziti o‘zgaradi
2021-yil 1-yanvardan Rossiyaning Federal soliq xizmatiga majburiy to‘lovlarni amalga oshirishning yangi qoidalari kuchga kirdi.
Shu munosabat bilan, to‘lovlarni amalga oshirish rekvizitlari, shu jumladan chet el fuqarolari uchun patent to‘lovini to‘lash rekviziti ham o‘zgargan.
2021-yil 1-yanvardan 30-aprelgacha eski va yangi rekvizitlarni ko‘rsatish mumkin bo‘lgan davr edi. Biroq, 2021 yil 1 maydan boshlab faqat g‘aznachilik hisobvarag‘ining yangi rekvizitlari ko‘rsatilishi kerak bo‘ladi.
1-maydan to‘lashdan oldin rekvizitlaringizni tekshiring va barcha ma’lumotlar to‘g‘riligiga ishonch hosil qiling. Aks holda, patent uchun avans to‘lovi hisobga olinmaydi va patent bekor qilinadi.
1-maydan patent to‘lovi uchun yangi rekvizit ma’lumotlari ushbu havolada keltirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter