Chiroqchidagi xaroba maktab o‘quvchilari boshqa joyga ko‘chirildi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot xizmati «Xabar.uz»ga xabar qilishicha, Chiroqchi tumanidagi xaroba maktab o‘quvchilari boshqa binoga ko‘chirilgan.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Qashqadaryo viloyatidagi umumta’lim maktablarini attetatsiyadan o‘tkazish jarayonini nazorat qilish, o‘quvchilar bilimlarining davlat standartiga mosligini tahlil qilish va boshqa qator vazifalar ijrosi bilan tanishish maqsadida borgan.

O‘rganishlar jarayonida 2006 yilda mahalliy aholi tomonidan hashar yo‘li bilan qurilgan Chiroqchi tumanidagi 31-sonli umumta’lim maktabining filialida tahsil oluvchi 37 nafar o‘quvchi uchun umuman sharoit yaratilmagani hamda o‘quvchilarning xavfsizligi talablariga javob bermasligi aniqlangan va zudlik bilan muammoga yechim izlangan.
Shu kunning o‘zida mazkur maktab filiali o‘quvchilari boshqa binoga — tuman hokimining farmoyishiga binoan Chiroqchi qishloq xo‘jalik va kasb hunar kollejining Qoraburug‘ filialiga ko‘chirildi.
Shu kabi holatlarda inspeksiyaning ishonch telefonlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Ishonch telefon: (0371) 231-07-53 (Ichki raqam — 10-24)

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter