Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chiroqchida «Nexia» pastlikka tushib ketdi

Chiroqchida «Nexia» pastlikka tushib ketdi

Joriy yilning 2-noyabr kuni soat 10:30 larda Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, Halqaobod qishlog‘i hududida YTH sodir bo‘ldi.

Haydovchi, 1999-yilda tug‘ilgan D.B. «Nexia» rusumli avtomobilni boshqarayotib, ehtiyotsizligi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetiga chiqib ketib, pastlikka (soyliq) ag‘darilib ketgan.

Hodisa natijasida avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchi, 2002-yilda tug‘ilgan J.S. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring