«Chiroqchi voqeasi»ga oid yangi tafsilot: hibsga olinganlardan biri IIB boshlig‘i!
Chiroqchida mol o‘g‘irlashda gumon qilingan 32 yoshli erkak IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etganiga oid shov-shuvlar hamon tingani yo‘q. Holat yuzasidan allaqachon jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ikki nafar IIB xodimi hibsga olingani va ularga e’lon qilingan ayblovlar ochiqlandi. Biroq hibsga olinganlar kimlar ekani mavhum bo‘lib qolayotgandi.
Manbamizga ko‘ra, hibsga olingan mansabdorlardan biri Chiroqchi tumani IIO FMBning 4-son IIB boshlig‘i ekan. Ayni shaxs mazkur lavozimga 2019 yil iyun oyida tayinlangani aytiladi. Hibsdagi ikkinchi shaxs esa tuman IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor vakilidir, deya qayd etadi manbamiz. Unga ko‘ra, gumondor (endilikda marhum) 4-son IIB boshlig‘i xizmat xonasida vahshiylarcha kaltaklanishi natijasida o‘sha joyning o‘zida omonatini topshirgan.
Jinoyat ishi tergovi doirasida Chiroqchi tumani IIO FMBning qator xodimlari-da javobgarlikka tortilishining ehtimoli kattaligi ham aytilayotir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter