Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiqdagi «kanalizatsiya»lar 22 mln dollar evaziga rekonstruksiya qilinadi

Chirchiqdagi «kanalizatsiya»lar 22 mln dollar evaziga rekonstruksiya qilinadi

«O‘zsuvta’minot» AJ tomonidan Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan «Toshkent viloyatining 7 ta shahar va tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish» loyihasi doirasida hozirda tender tanlovlarida g‘olib bo‘lgan kompaniyalar bilan shartnomalar imzolanmoqda.

Ana shunday shartnomalardan biri korxona, «Alkataş İnşaat Ve Taahhüt» qo‘shma korxonasi va «Mesmer-East» MChJ o‘rtasida Chirchiq shahridagi oqova suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish bo‘yicha imzolangan. Mazkur loyihaning qiymati 22,2 mln AQSh dollariga teng.

«Ayni paytda oqova suv tozalash inshootining o‘rnatilgan kunlik quvvati 80 ming metr kubni tashkil etib, rekonstruksiya ishlari amalga oshirilgandan so‘ng bu ko‘rsatkich 130 ming metr kubgacha oshishi ko‘zda tutilgan», – deyiladi korxona xabarida.

Ta’kidlanishicha, «Toshkent viloyatining 7 ta shahar va tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish» loyihasi doirasida 12,8 km yangi oqova suv tarmoqlarini tortish hamda 16 km oqova suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ham rejalashtirilgan.

Buning natijasida shahar aholisining markazlashgan oqova suv xizmatlari bilan qamrab olinganlik darajasi hozirgi 61 foizdan 84 foizga yetkaziladi.

Ma’lumot uchun, mazkur loyihani 2025-yilda to‘liq yakunlash ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring