Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiqda hokim o‘rinbosari 1 mln dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Chirchiqda hokim o‘rinbosari 1 mln dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Toshkent viloyati Chirchiq shahar hokimining o‘rinbosari xizmat mavqeidan foydalangan holda, klaster shaklidagi savdo majmuasi tashkil etish uchun 40 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish sharti bilan, shahar hokimligi zaxirasidagi 20 gektar yer maydonini auksion savdoga chiqartirib, yutib berish va 49 yil muddatga yerga egalik qilish huquqini rasmiylashtirishda ko‘maklashish evaziga 2 mln AQSh dollari talab qilib, oldindan 1 mln AQSh dollarini o‘zining haydovchisi orqali olgan vaqtida ushlandi.

Mazkur jinoyat ishi Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fosh qilindi.

Hozirda xizmat mavqeidan foydalanib, juda ko‘p miqdorda pora olgan hokim o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring