Chinozda fojia. Yana bir erkak qotilga aylandi
Chinozda qotillik ro‘y berdi. Shu yilning 13 yanvar kuni tongga yaqin tumanning Tinchlik mahallasida istiqomat qiluvchi 42 yoshli Y.A. (muqaddam sudlangan) xotini L. (41 yosh) bilan «aytishib» qoladi. O‘zaro janjal oqibatida er xotining chap orqa ko‘krak sohasi va beliga oshxona pichog‘ini sanchib yuboradi. Yetkazilgan jarohat natijasida ayol vafot etadi.
Qilgan ishining oqibatidan qurquvga tushgan Yu.A. o‘z joniga qasd qilishga urinadi. O‘sha pichoq bilan chap qo‘l bilagini kesadi, shuningdek, o‘z qorniga to‘rt marta pichoq sanchadi. Biroq niyati amalga oshmaydi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-modda 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda Y.A. tegishli tartibda ushlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda amudaryolik fuqaro o‘z xotini va voyaga yetmagan qizini bo‘g‘ib o‘ldirganidan so‘ng, o‘z joniga qasd qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter