Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chinozda bir paket giyohvandlik moddasini ko‘chada olib yurgan shaxs ushlandi (foto)

Chinozda bir paket giyohvandlik moddasini ko‘chada olib yurgan shaxs ushlandi (foto)

2020 yilning 10 aprel kuni Toshkent viloyati, Chinoz tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida 52 yoshli Z.A. Chinoz tumani A.Temur ko‘chasi bo‘ylab piyoda harakatlanib ketayotgan vaqtida shubha ostiga olinib, to‘xtatilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berib o‘tdi.

Xolislar ishtirokida uning qo‘lida bo‘lgan polietilen paket ko‘zdan kechirilganda, paket ichida xo‘l holdagi vazni 1055,94 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik vositasini olib ketayotganligi aniqlanib, tegishlicha rasmiylashtirilib olingan.

Holat yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi «a» bandi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, Z.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring