Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chinoz tumaniga hokim tayinlandi

Chinoz tumaniga hokim tayinlandi

Solihov Sherzod Abduxakimovich Chinoz tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi. 

Avvalroq 2021-yilning yanvaridan Chinoz tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Botir Alimbekov Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi bo‘lgandi.

Sherzod Solihov Toshkent tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari singari mas’ul vazifalarda ishlagan.

Tayinlovga qadar Solihov Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring