Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzordagi klinikada shifokor ayol boshlig‘i tomonidan kaltaklandi

Chilonzordagi klinikada shifokor ayol boshlig‘i tomonidan kaltaklandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan klinikada ishlaydigan shifokor homilador ayol boshlig‘i tomonidan kaltaklanganidan so‘ng, ayolning qornidagi bolasi tushib qolgani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 14 iyun kuni taxminan soat 18.00 larda Chilonzor tumani 6-mavze hududida joylashgan klinika binosida, 1982 yilda tug‘ilgan K.A. va 1982 yilda tug‘ilgan U.X. o‘zaro ish faoliyati yuzasidan tortishib qolib, janjallashib ketishgan. Janjal natijasida fuqaro K.A. shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring