Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzorda sodir etilgan yirik o‘g‘irlik jinoyati fosh qilindi

Chilonzorda sodir etilgan yirik o‘g‘irlik jinoyati fosh qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Kiyim-kechak do‘konidan sodir etilgan o‘g‘rilik jinoyati «issiq izidan» fosh etildi.

Chilonzor tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, joriy yilning 23 mart kuni soat taxminan 02:00 larda, 3 nafar noma’lum shaxslar kiyim-kechak do‘koniga kirib, umumiy qiymati 225.535.000 so‘mlik erkaklar kiyimlarini o‘g‘irlab ketishgan.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 20 yoshli Shamsiddin N, 19 yoshli Ibrohim Z. hamda Abduqodir Sh. aniqlanib, qo‘lga olindilar. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi («O‘g‘rilik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring