Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzorda joylashgan harbiy shaharcha sotib yuborildi

Chilonzorda joylashgan harbiy shaharcha sotib yuborildi

Avvalroq, Chilonzor tumanida joylashgan harbiy shaharcha savdoga qo‘yilgani xabar berilgandi. 

Bugun, 13-dekabr kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan onlayn auksionga qo‘yilgan davlat mulki bo‘yicha 3 nafar ishtirokchi o‘rtasida bahs bordi.

Boshlang‘ich narxi 204,9 mlrd. so‘m bo‘lgan davlat mulki 266,4 mlrd. so‘mga sotildi.

Savdoda «Do‘mbrobod city group» MChJ g‘olib va «Build power» MChJ rezerv g‘olib deb topildi.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan davlat mulki 27,9 gektar yer maydoni hamda 29851 kv.m bino-inshootlarga ega.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring