Chilonzorda yettita mashina ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi (video)

Kecha, 25-iyun kuni soat taxminan 12.00da Toshkent shahri, Chilonzor tumanida yirik yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
«Howo» rusumidagi yuk mashinasining 32 yoshli haydovchisi Talgat T. «Bunyodkor» ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotib, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan va 6 ta avtomobil: «Matiz» (33 yoshli Erkinjon R. boshqaruvidagi), «Kobalt» (26 yoshli Ahliyor E.), «Lasetti» (61 yoshli Abdumannab A.), «Spark» (35 yoshli Jahongir T.), «Matiz» (29 yoshli Sherzod A.), «Matiz» (23 yoshli Shamsiddin A.) bilan to‘qnashuv sodir etgan. Hodisa oqibatida haydovchilar jarohatlanmagan.
Yo‘l bo‘yida ketayotgan 21 yoshli Sanobar T. avtomobillarning biridan uchib ketgan butlovchi qism zarbidan jarohat olgan va unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Voqeaning dastlabki sababi: yuk mashinasi haydovchisi boshqaruv vaqtida uxlab qolgan. YTHning aniq tafsilotlari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter