Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzorda yonayotgan «Damas» ichidan haydovchi chiqarib olindi

Chilonzorda yonayotgan «Damas» ichidan haydovchi chiqarib olindi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Joriy yilning 30-dekabr kuni soat 18:10 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasida, «Toshkent-Yangiyo‘l» yo‘nalishida qatnovchi «Damas» yonib ketdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha kishi yonayotgan avtomobil ichidan haydovchini chiqarib olayotgani tasvirlangan videolar tarqaldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan I.M. «Damas» rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga urilgan. Zarb oqibatida avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.

Natijada, haydovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, hodisa sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring