Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzorda «Damas» yondi

Chilonzorda «Damas» yondi

Videolavhadan skrinshot

Bugun, 20-aprel kuni soat 17:15 lar atrofida haydovchi M.Z. o‘ziga tegishli bo‘lgan «Damas» rusumli transport vositasini Toshkent shahar, Chilonzor tumani hududida, «Novza» masjidi atrofida boshqarib ketayotgan vaqtida avtomashina texnik buzilgan va yo‘l chetida to‘xtagan.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi transport vositasini qayta yurgizdirgan vaqtida avtomashinaning dvigatel qismidan yong‘in chiqqan.

Hodisa joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan va yong‘in bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q, «Damas» rusumli transport vositasining ayrim qismlari yonib ketgan.

Ayni vaqtda yong‘in sodir bo‘lishi sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring