Chilonzor tumaniga yangi hokim tayinlandi

2018-yilning 6-oktyabr kuni Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Cyessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. 2016-yildan Yakkasaroy tuman hokimi sifatida ishlab kelayotgan Mahametov Sarvar Toshmatovich Chilonzor tumani hokimi etib tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Mahametov Sarvar Toshmatovich 1977-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 1999 yil Toshkent avtomobil yo‘llari institutini tamomlagan.
1993-1999-yy. — «Ferrum» kichik korxonasi avtochilangari, avtomexanik.
1999-2002-yy. — «O‘zsmatana-santexnika» qo‘shma korxonasi ustasi, hududiy menejeri.
2002-2005-yy. —Toshkent shahar iqtisodiyot bosh boshqarmasi sanoat, kommunikatsiya tizimlari va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi 1-toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i v.b, bo‘lim boshlig‘i.
2005-2010-yy. — Bektemir tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Bektemir tuman hokimi
1-o‘rinbosari vazifasini vaqtincha ijro etuvchi, Bektemir tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi.
2010-y. — Bektemir tumani hokimi.
2016-y. — h.v. Yakkasaroy tumani hokimi.
2018-yilning 6 -oktyabridan boshlab Chilonzor tumani hokimi vazifasiga tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter