Chilonzor tumanida avtobus urib yuborgan ayol hodisa joyida vafot etdi
Bugun, 19-yanvar kuni taxminan soat 09.15 larda Chilonzor tumani Baynalminal ko‘chasida («Charx Kamolon» mahallasi ro‘parasida) 36 yoshli Adil X. «Midibus SAZ/NP-37» (davlat raqami 01 V 829 VA) rusumli mikroavtobusni boshqarib ketayotganida tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan 57 yoshli Mastura T.ni urib yuborgan.
Natijada tan jarohatlari olgan piyoda hodisa joyida vafot etgan.
YTH sabablari aniqlanmoqda.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter